Mustaqillik davri ijodkorlari hur fikr, keng dunyoqarash bilan ijod qilmoqdaki, ularda milliy-madaniy, umuminsoniy tushunchalar o'z ifodasini topib bormoqda.
Mustaqillik davrida yosh ijodkorlar safida Javlon Jovlievni e’tirof etib o'tish o'rinlidir. Zero, uning hikoyalari mustaqillik davri hikoyachiligida o'ziga xos o'rin va mavqega ega bo'ldi. Javlon Jovliev, o'z tengdoshlari orasida birinchilardan bo'lib, roman janriga qo'l urgan adib hisoblandi. lining "Qo'rqma" romani katta audotiryaga ega bo'lgan yoshlar romanlaridan biri bo'ldi. Jalon Jovliev nafaqat roman, balki hikoyachilikda ham bir qadar muvaffaqiyat qozonib, ushbu janrning ham imkoniyatlaridan keng foydalandi. lining "Stalinga maktublar", "Mustabidning hasharotlari", "Ayol" kabi hikoyalari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan, 2022 yilda "Onam va koinot” nomli to'plami nashr etilib, unda ko'plab hikoyalar jamlandi. Javlon Jovliev hikoyalarida qahramonlar ruhiyati, ruhiy tavsir, obrazlar ichki dunyosi o'zining teran ifodasini topgan. Ayniqsa "Elbek" "Ko'k, oq va ola kabutarlar", "Ayol", "Onam va koinot” hikoyalarida ayol ruhiyati, o'zbek onasining ruhiy qiyofasi nihoyatda ta’sirli berilgan. Ushbu hikoyalarning har birida o'zgacha syujet tanlangan bo‘lsa-da, ammo qalamga olingan ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatining fojeyaviy qiyofasi sabab mushtaraklik kasb etadi.